Liviyaning Bengazi şahrida BMTning 3 xodimi halok böldi va 10 ga yaqin odam yaralandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, savdo markazi va bank oldida avtomobilga mahkamlangan qölbola portlovçi qurilma portlagan. Voqea joyida BMTning yongan maşinasini köriş mumkin bölgan. 

Portlaş BMT Liviya poytaxti Tripolida yaraşuv sulhi tuzganda yuz bergan.

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş maşinalarning portlatilişini qoralagan.

“Boş kotib barça tomonlarni Qurbon hayit bayrami vaqtida gumanitar yaraşuvga amal qilişga va Liviya xalqi munosib bölgan tinç kelajakka erişiş uçun muzokaralar stoliga qaytişga çaqiradi”, deb aytgan boş kotib vakili Stefan Dyujarrik.

Şuningdek, boş kotibning Afrika böyiça yordamçisi Bintu Keyta BMT öz xodimlari halok bölişidan keyin Liviyadagi missiyasini evakuatsiya qilmasligini ma'lum qilgan. 

Şu kuni feldmarşal Halifa Haftar qömondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi Iyd al-Adha bayrami munosabati bilan 10 avgustdan 12 avgustgaça öt oçiş töxtatilişini e'lon qilgandi.

Avvalroq Haftarga qarşi çiqayotgan milliy kelişuv hukumati ham Liviyada yaraşuv qabul qilinganini e'lon qilgan.