7 avgust kuni internet tarmoğida qarama-qarşi yönalişda harakatlanib ketayotgan avtomobil tasvirlangan videolavhalar tarqalgan, Toşkent şahar IIBB Mirzo Uluğbek köçasida qarama-qarşi harakat yönalişi böylab harakatlanayotgan "Lasetti" rusumli avtomobil poytaxt IIBB YPX inspektorlarining nazariga tuşganligini ma'lum qilgandi.
Xabarda haydovçi YPX inspektorining töxtaş haqidagi işorasiga böysunmaganligi, avtomobilning davlat raqami aniqlanib, qoidabuzar haydovçini qölga oliş böyiça çoralar körilgani aytilgandi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berişiça, avtomobil haydovçisi Çirçiqdagi Jismoniy madaniyat davlat instituti 2-bosqiç talabasi, 25 yoşli Şerzodbek Madaminov bölgan.

U YPX inspektorlaridan qoçib, Crafers zavodi yonidagi mahallaga kirib yaşiringan va maşinasi davlat raqamini yeçib olib, öşa yerda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari qidiruvni töxtatişlarini kutib ötirgan çoğida qölga olingan.
8 avgust kuni ma'muriy işlar böyiça Mirzo-Uluğbek tumani sudida mazkur holat böyiça sud jarayoni bölib ötgan.
Sud tomonidan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 34-moddasiga asosan, (başarti şaxs bir neça ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan bölib, şu haqdagi işlar bir vaqtning özida ayni bir organ tomonidan körib çiqilayotgan bölsa, bu şaxsga nisbatan qöllaniladigan uzil-kesil jazo oğirroq ma'muriy jazoni nazarda tutuvçi sanksiya doirasida qöllaniladi) unga nisbatan 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosini qöllaş töğrisida qaror qabul qilingan.
Şerzodbekning tan olişiça, u ilgari ham ana şunday huquqbuzarlikni sodir etgan va jarima tölaşdan qoçişga uringan.












