Kun.uz tahririyati bugungi ilm-fan, ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va ularning ahamiyati haqida taniqli olimlar bilan suhbatlarni davom ettiradi. Astronomiya katta-yu kiçik hammani qiziqtiradigan soha. Yulduzlar, sayyoralar, samo ilmi barçani özining sirli olamiga ohanrabo kabi tortadi. Butun ilmiy faoliyatini şu sirli olam jumboqlarini oçişga bağişlagan insonlardan biri fizika-matematika fanlari doktori, professor, Jahon Fanlar Akademiyasi a'zosi Bobomurod Ahmedovdir.

— Siz va ilmiy guruhingiz astrofizikadagi eng noyob obektlarni, ya'ni qora öra, neytron yulduzlar va şu kabi kompakt obektlarni örganasiz. Bu obektlarning özi qanaqa, oddiyroq qilib tasvirlab bera olasizmi?

— Inson tuğiladi, ulğayadi, ma'lum kasb-kor qiladi va oxiri vafot etadi. Bu har bir insonning hayot yölidir. Şunga öxşab yulduzlarning ham öz hayot yöli bor. Ular ham paydo böladi, yaşaydi va sönadi. Biz ana şu söngan yulduzlarning oxirgi evolyutsiya natijasini örganamiz. Yulduzlarning yaşaş davri judayam har xil. Ularning umri massasiga boğliqligini ilmiy tajribalar orqali aniqladik. Ammo inson qança umr körişi uning vazniga boğliq emas. Çunki odamning harorati hammada bir xil 36,6 daraja. Vazni qança bölmasin tanadagi kimyoviy reaksiyalar bir xil keçadi. Lekin yulduzlarda bunaqa emas: oğir yulduzlarning temperaturasi öta yuqori, yengillariniki esa past böladi. Ularda keçayotgan termoyadro sintezi reaksiyalari tezligiga qarab umri uzun yoki qisqa böladi. Masalan, bizga eng yaqin yulduz bu Quyoş hisoblanadi. Odatda unga öxşagan yengil yulduzlar juda köp yaşaydi. Quyoşning yaşaş umri taxminan 10 mlrd yilga yaqin.

Yulduzning vazni nafaqat yaşaş holatiga, balki söngandan keyingi oxirgi holatiga ham boğliq bölar ekan. Quyoşga öxşagan yengil yulduzlar portlaşi orqali, ular elektron gazdan iborat bölgan oq mitti obektga aylanadi. Oğirroq yulduzlar portlaganda massasi kattaroq qoladi va neytron yulduziga aylanadi. Neytron yulduzlarning tarkibi neytronlardan iborat böladi. Lekin faraz qilaylik, yulduzning vazni önta quyoş massasiga teng bölsa, portlaş natijasida uning asosiy qismi tarqalib ketadi va qolgan bir qismi uç quyoş massasidan katta bölsa, u qora tuynukka aylanadi. Demak, bundan kelib çiqadiki, qora öra öta massiv yulduzlarning evolyutsiyasi natijasida paydo böladigan obekt ekan. Qora öraning boşqa obektlardan farqli köpgina jihatlari bor. Masalan, neytron yulduz ekstremal obekt. Yetti mlrd odamni neytron yulduzga joylaştirsak, uning içida oqqand bölagidek bir kub santimetr joyni egallaydi, xolos. Şundan ham uning qanday ziçlikka egaligini bilsa böladi. Qora öra esa, şunday ekzotik obektki, uning aytarli heç qanday tavsifi yöq. Şunday bir teorema bor — qora öraning soçi yöq. Bu nima degani, ya'ni uning bor-yöği ikkita parametri bor va bundan boşqa tavsifi yöq. Birinçisi, uning massasi bölsa, ikkinçisi, aylaniş momentidir. Hozirgi kunda, butun jahon olimlari mana şu ikkita obektning tabiatini örganişga katta e'tibor qaratişgan.