Toşkentda sovuq suv va oqava suv (kanalizatsiya) narxi navbatdagi marta oşiriladi. “Suvsoz” davlat unitar korxonasida ma'lum qilinişiça, yangi narxlar 24 avgustdan kiritiladi.
Sovuq suv narxi bir kub metri uçun 310 söm + 100 söm maxsus ustamani taşkil qiladi. Hozirda bu qiymat 280 söm + 100 sömni taşkil qilmoqda.
Bundan taşqari, kanalizatsiya narxi bir kub metri uçun 250 söm + 100 sömni (hozir 235 söm + 100 söm) taşkil qiladi.
Toşkentda sovuq suv va kanalizatsiya narxi oxirgi marta 2018 yil 22 noyabrda oşirilgan.

















