AQŞ dengiz piyoda qöşinlari korpusi harbiysi Skott Koppenxafer Iroqda halok böldi. Bu haqda Marine Corps Times naşri xabar berdi.
35 yoşli komendor-serjant 10 avgustda “Sabotli qat'iyat” operatsiyasi doirasida topşiriqni bajariş vaqtida IŞID jangarisi öqidan halok bölgan.
Koppenxafer maxsus topşiriqlarni bajaruvçi nufuzli otryadga ötkazilgunga qadar pulemyotçi va snayper bölib xizmat qilgan. U 2018 yilda Iroq şimolida IŞIDning tor-mor qilinişida kömak körsatgan iroqlik maxsus kuçlarni boşqargani uçun “Dengiz piyoda qöşinlarining eng yaxşi maxsus jangçisi” (USMC Critical Skills Operator) deb topilgan.
7 avgustda Pentagon Donald Tramp tomonidan tor-mor qilingani e'lon qilingan IŞIDning Suriya va Iroqda yana ta'siri kuçayayotganini rasman tan olgan.












