Britaniyalik boksçi Entoni Joşuaning promouteri Eddi Xirn öta oğir vazn toifasida Joşua va amerikalik-meksikalik jahon çempioni Endi Ruis örtasidagi revanş jang Saudiya Arabistonida ötkazilişiga izoh berdi va bu voqea boksni batamom özgartirib yuborişi mumkinligini aytdi.

Xirnning matbuot anjumanda ma'lum qilişiça, jang 7 dekabrda Saudiya Arabistoni poytaxti yaqinidagi Ad-Diriya stadionida oçiq osmon ostida ötkaziladi.

“Yengilmas” Joşua Ruis bilan 1 iyunda Medison Skver Gardenda bölib ötgan jangda IBF, WBA va WBO çempionlik kamarlarini raqibiga boy bergandi.

“Bizda Saudiya Arabistoni, Dubay, Qatar, Abu-Dabidan takliflar böldi”, deb qöşimça qilgan Xirn.

“Biz Kardiff va Medison Skver Gardendan taşqarida ham boşqa dunyo borligini anglaşimiz va boksni yangi hududlarda rivojlantirişimiz lozim. Qarang, bu davlatda jahon miqyosidagi qança voqealar bölib ötmoqda, ularda boks sportiga öz qaraşlari va işonçlari bor”, deb aytgan Xirn. 

“Bu voqea boksni batamom özgartirib yuborişi mumkin. Agar Saudiya Arabistoni bunday janglarga mablağ tiksa, ularda sportni rivojlantiriş uçun mavjud salohiyat bilan siz boksda katta özgarişlar yuz berişini körişingiz mumkin”, deb ta'kidlab ötgan promouter. 

Şuningdek, u Saudiya Arabistoni tomonidan oxirgi yillarda taşkil etilgan xalqaro sport tadbirlarini sanab ötgan. Ular orasida Formula Ye poygalari, European Tour golf, Italiya Superkubogi, boks va kuraş WWE (restling) bor. 

Yaqinda Saudiya Arabistoni 2020 yilda mukofot jamğarmasi 20 mln dollarlik dunyodagi eng katta kölamli ot poygalari ötkazişini e'lon qilgandi.

“Bu boks uçun katta voqea, muhim ondir. Men sizga butun dunyo bu kuraş ortidan katta qiziqiş bilan kuzatişiga kafolat beraman”, deb aytgan Xirn.