12 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oşiriş, ulardan samarali foydalaniş, investitsiyalarni, avvalo, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va özlaştiriş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş kölamini kengaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. 

Unda prezident köplab masalalarga töxtalib ötdi.

Selektorda sözga çiqqan Qaşqadaryo viloyat hokimi Zafar Röziyev bu yil paxta yaxşi bölayotgani, uni yetiştiriş uçun barça şaroitlar yaratilayotganini aytdi.

«Bu yil paxtada suvdan ham, öğitdan ham muammo bölmadi. Zararkunandalardan tozalaş uçun ham 14 milliard söm oldik», — dedi Qaşqadaryo viloyat hokimi.

Prezident Röziyevning paxta haqidagi gaplaridan söng barça hokimlarga bu yil paxta terimiga budjet taşkilotlari jalb qilinmasligini eslatib ötdi.

«Bu yil paxta [terimi]ga maktab, institut — umuman, birorta budjet taşkilotlari olib çiqilmaydi, eslaringdan çiqmasin», — deb Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.