«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduga «Barselona» yetakçisi Lionel Messidan uni nima farqlab turişi haqida savol berişdi.
«Farqimiz şundaki, men bir neçta klublarda öynadim va turli jamoalar bilan Çempionlar ligasida ğolib çiqdim. Bu musobaqada qatorasiga olti yil ketma-ket eng yaxşi töpurar böldim. YeÇLda beş marta ğalaba qozoniş unçalik ham köp futbolçiga nasib etgan emas. Şunday ekan, men özimni bu turnir bilan boğlab körsata olaman.
Messi – juda zör futbolçi. U nafaqat «Oltin töp»lari bilan, balki – xuddi men kabi – yildan yilga öyini ösib borgani bilan ham odamlarning yodida qoladi», – dedi Ronaldu DAZN`ga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, Kriştianu bu intervsida «ortiq pulga ehtiyoji yöqligi, öz ismini futbol tarixiga yozib, yana ham köproq ğalabalarga erişişni xohlayotgani» haqida ham gapirgan.












