Davlat test markazi oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun ötkazilayotgan test sinovlarining ön beşinçi kuni haqida ma'lumot berdi.
2019 yil 13 avgust kuni respublika böyiça 8 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boşlandi.
Test sinovlarida birinçi smenada jami 13 867 nafar abituriyent iştirok etişi belgilangan edi. Şundan:
- 13 495 nafar abituriyent test sinovlarida iştirok etmoqda;
- 371 nafar abituriyent turli sabablarga köra test sinovlariga kelmadi;
- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kiriş joyida test sinovlaridan çetlaştirildi.
Test sinovlari bölib ötayotgan hududlar:
1. Qoraqalpoğiston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Farğona viloyati;
4. Buxoro viloyati;
5. Xorazm viloyati;
6. Jizzax viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Samarqand viloyati.












