Qozoğistonning Turkiston viloyatida içida Özbekistonning 52 fuqarosi yonib ketgan avtobus egasi Orduxan Mextiyev 3 yillik qamoq jazosi oldi. Bu haqda sudda ma'lum qilindi. 

Sudlanuvçi jazo muddatini minimal xavfsizlikdagi jazoni ijro etiş muassasasida ötaydi. 

Özbekistonliklarning ölimiga olib kelgan öşa mudhiş voqea 2018 yil 18 yanvarda Oqtöbe viloyatida yuz bergandi. Voqea oqibatida 52 özbekistonlik halok bölgan, 5 erkak, jumladan haydovçilar tirik qolgan. Avtobus egasi – qozoğistonlik Orduxan Mextiyev voqeadan keyin qoçib ketgan va xalqaro qidiruvga berilgan. U 2018 yil 1 dekabrda Toşkentda uşlanib, Çimkentga ekstraditsiya qilingan.

Ayblanuvçi transport vositasining yonişi va 52 kişining ölimiga olib kelgan texnik nosozlikka ega avtobusdan qonunga xilof ravişda foydalanişda ayblangan.

Uşbu iş böyiça 5 kişi, jumladan uç haydovçi – Barat Tanatov, Nurjan Kirgizbayev, Maksat Pernebekov va avtobuslarning reys oldi körigiga javob beruvçi “Aziya tranzit servis” MÇJ ta'sisçisi Nurlibek Telepbayev va mexanigi Bahodir Perdebayev ayblanuvçilar deb topilgan. 2018 yil noyabrda haydovçilar 5 yillik, ta'sisçi va mexanik 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.