Saudiya Arabistoni qamoqxonalarining bir guruh mahbuslari tarixda ilk marotaba Makka va Madina şaharlarida Haj amalini bajardilar, deb yozadi «Islam i semya».
Saudiya Arabistoni qirolligining jazoni ijro etiş muassasalari boşqarmasi vakili xabariga köra, 50 nafar mahbus muqaddas Makka şahrida Haj amalining bir qismi hisoblanmiş «şaytonni toşböron qiliş» marosimida iştirok etişdi.
Mahbus-hojilar boşqa musulmonlardan heç qanday farq qilişmadi. Ularning hammasi an'anaviy ehromga öralgan holda amallarni bajarişdi. Bundan taşqari, ularni soqçilar qöriqlamadi, balki 30dan ortiq qarindoşi kuzatib borişdi.
Dasturdan asosiy maqsad «qamoq muddati tugaşidan oldin mahbuslarni kundalik hayotga qaytişini tezlaştiriş va ijtimoiylaştiriş» ekani ma'lum qilindi. Eslatib ötamiz, Haj bugun, 14 avgust kuni yakuniga yetdi.
Qayd qilinişiça, Haj amalini ado qilib bölgaç, mahbuslar qamoqxonaga qaytdilar. Saudiya Arabistoni qirolligining jazoni ijro etiş muassasalari boşqarmasi bunday amaliyotdan keyingi Haj mavsumida ham foydalanişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, bu yil 2,5 millionga yaqin musulmonlar Haj amalini ado qilişdi.












