Ketoparhez va tarkibida oz miqdorda uglevodlar bölgan taomlar ortiqça vazndan qutulişga va saratonning köplab turlari rivojlanişi ehtimolini kamaytirişga yordam beradi. Bu haqda olimlar Cell Repors jurnalida ma'lum qilişdi.
"Endi biz saraton hujayralarini nafaqat öldiramiz, balki tanadagi glyukoza miqdorini kamaytirib ularning ösişini ham sekinlaştira olamiz. Bu kaşfiyot ösmalarga qarşi kuraşişga qaraşimizni özgartirişga majbur qilişiga işonaman", — deb ma'lum qildi Texas universiteti olimi Jyey Kim.
Ketoparhez fitnes va sport işqibozlari orasida keng ommalaşmoqda. Uning boşqa parhezlardan farqi şundaki, undagi kaloriyalarning asosiy qismini uglevodlar emas, yoğ va oqsillar taşkil etadi. Bunday almaşiş miya va tananing boşqa a'zolarini asosiy quvvat manbai sifatida glyukozadan emas, yoğ kislotalari va ketonlardan foydalanişga majbur qiladi.
Bu muşaklar va miya hujayralarini "quvvat tejaş"ning alohida rejimiga ötkazadi, natijada muşaklar yanada çidamli böladi, miya esa sekinroq qariydi. Şu bois bugungi kunda ketonli parhez velosipedçilar, marafonçilar va çidamlilik muhim hisoblanuvçi boşqa sport turlari vakillari orasida ommalaşgan.
Ösma hujayralarining köplab turlari ösiş signali va asosiy ozuqa manbai sifatida glyukozadan foydalanadi. Kim va uning hamkasblari ketoparhez tanadagi qandni kamaytirib, ösmalar ösişini sekinlaştirişini tekşirib körişdi.
Olimlar kemiruvçilar tanasiga saraton virusini kiritişdi hamda ösmalar paydo bölganidan söng ketoparhez va glyukoza molekulalarini yöqotuvçi preparatlar yordamida ularning ösişini sekinlaştirişga urinişdi.
"Ketoparhez ham, qondagi qand miqdorining kamaytirilişi ham siçqon terisi va öpkasidagi saraton hujayralari ösişini töxtatdi. Bu ösmani yöqotmadi, ammo uning ösişiga xalaqit berdi. Bu esa saratonning aksariyat turlari glyukoza oçligiga çidamsiz ekanligini körsatadi", — deb yozdi Kim.












