Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini isloh qiliş va uning jadal rivojlanişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Moliya vazirligining Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta nazorati davlat inspeksiyasi negizida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
suğurta bozorining işlaşi va uning professional iştirokçilari faoliyati oçiqligi va şaffofligini, şu jumladan, suğurta faoliyati sohasidagi statistik va moliyaviy körsatkiçlarni muntazam e'lon qiliş yöli bilan ta'minlaş;
suğurta xizmatlari iste'molçilari va suğurta munosabatlarining boşqa iştirokçilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta'minlaş, aholining suğurta bozoriga işonçini oşirişga va jamiyatda suğurta madaniyatini rivojlantirişga kömaklaşiş;
suğurta bozori mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni, şu jumladan, çet elda, şuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda taşkil etişga kömaklaşiş;
suğurtalovçilarning tölov qobiliyati, suğurta zaxiralarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş böyiça majburiy normativ va talablarni belgilaş, şuningdek, samarali suğurta faoliyatini taşkil etiş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş;
suğurta bozorining professional iştirokçilari tomonidan suğurta faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, şuningdek, ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlaş böyiça belgilangan normativ va talablarga rioya etilişini nazorat qiliş;
suğurtalovçilar (qayta suğurtalovçilar) va suğurta brokerlarining suğurta faoliyatini litsenziyalaş, aktuariylar faoliyatini sertifikatlaş;
suğurta bozorining holati va uning professional iştirokçilari faoliyatining hisobi va hisobotini yuritiş, masofaviy nazorat qiliş va tezkor onlayn-monitoringini olib boriş böyiça integratsiyalaştirilgan axborot tizimini şakllantiriş va yuritiş;
aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining ösib borayotgan ehtiyojlarini ta'minlaşga qaratilgan suğurta xizmatlarining talab yuqori bölgan an'anaviy turlarini rivojlantirişga va yangi turlarini joriy qilişga kömaklaşiş, qişloq xöjaligi faoliyati sohasida suğurta himoyasini kuçaytiriş;












