Ijtimoiy tarmoqlarda yöl çetida tez tibbiy yordam maşinasi şifokorlari bilan sodir bölgan muştlaşuv videoyozuvi tarqaldi. Kun.uz Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi bilan boğlanib, mazkur holat böyiça izoh söradi.
Bölim boşliği Furqat Sanayev holatni örgandi va biz bilan tez orada qayta boğlandi. Uning ma'lum qilişiça, videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi Soğliqni saqlaş vazirligi tizimiga qaraşli bölmagan. Hozirgi paytda poytaxtdagi 12ta tez tibbiy yordam bölimlarida 179ta tez tibbiy yordam brigadasi ştat rejimida tun-u kun işlab turibdi va sutkasiga örtaça 3 mingta murojaat böyiça xizmat körsatmoqda.
Dastlabki tekşiruvlarga köra, videoyozuvdagi xodimlar va maşina xususiy tibbiy muassasaga tegişli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi ma'lum bölgan.
Furqat Sanayev Soğliqni saqlaş vazirligi öz vakolati doirasida mazkur holatni örganib, tegişli qat'iy çoralarni körişi va bu haqda qöşimça ma'lumotlar berilişini ma'lum qildi.













