Özbekistonda sönggi yillarda elektr ta'minotidagi uzilişlar beş-olti yil ilgarigiga nisbatan ança kamaygan. Bu haqda Özbekiston moliya vaziri örinbosari Bahrom Aşrafxonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda gapirib ötdi.

Aşrafxonovning sözlariga köra, buning sababi elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş infrastrukturasiga kiritilgan investitsiyalardir.

«Ijobiy özgarişlar judayam köp. Masalan, ötgan yili Farğona vodiysiga yangi yildan oldin kuniga olti million kub metr qöşimça gaz yetkazib berildi. Aholining, tadbirkor va investorlarning asosiy talabi energiya resurslarini uzluksiz yetkazib beriş bölmoqda. Energiya resurslarini işlab çiqaruvçi, taqsimlovçi, yetkazib beruvçi va qayta işlovçi korxonalar asosiy urğuni mana şu talabni bajarişga qaratgan», dedi Aşrafxonov.

moliya vaziri örinbosari Bahrom Aşrafxonov

Moliya vaziri örinbosarining aytişiça, bugungi kunda Özbekistonda energiya resurslariga bölgan talab tobora oşib bormoqda.

«Aholi soni 33,5 milliondan oşdi. Yangi uy-joylar qurilmoqda. Ularning barçasiga energiya resurslari - elektr va gaz kerak. Bundan taşqari, har bir oilaga yangi texnikalar kirib kelmoqda. Hozirda kompyuter, konditsioner, vay-fay, uyali aloqa kirib kelgan. Bularning barçasiga elektr energiyasi sarflanadi. Energiya resurslarini yetkazib beriş uçun barça quvvatlarni işga solmoqdamiz», dedi u.

Bahrom Aşrafxonovning bildirişiça, hozirda bir kv soat elektr energiyasini işlab çiqariş 360 sömga, bir kub metr gazni pirovard iste'molçiga yetkazib beriş 751 sömga tuşmoqda.

«Sohaga oid bölmagan aktivlar bölgan. Ular ham tannarxning içiga kiritilgan. Hozirda sohaga oid bölmagan aktivlarni sotib yuborib, tannarxni pasaytiriş böyiça işlar olib borilmoqda. Bir kv soat elektr energiyasini işlab çiqariş 360 sömni, bir kub metr gazni pirovard iste'molçiga yetkazib beriş 751 sömni taşkil etmoqda», dedi Aşrafxonov.

Vazir örinbosarining sözlariga köra, hozirda energiya resurslari aholiga tannarxga nisbatan arzon narxda sotilmoqda.

«Aholiga elektr energiyasi 250 sömga, ya'ni tannarxdan 110 söm arzonga, gaz esa 320 sömga – tannarxdan 431 söm arzonga sotilmoqda. 15 avgustdan elektr energiyasi narxi 250 sömdan 295 sömga, gaz narxi esa 320 sömdan 380 sömga oşirilmoqda. Şu yerda savol tuğiladi: tannarxdan arzon sotilayotgan bölsa, tannarx bilan arzon narx örtasidagi tafovutni kim qoplamoqda? Tafovut davlat budjeti tomonidan qoplanmoqda. Bu davlat tomonidan aholini qöllab-quvvatlaş uçun amalga oşirilmoqda. Aholiga oğir bölmasligi uçun qimmat narsa arzon narxda sotilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, tannarx yana 10 foizga pasaytiriladi», dedi u.