Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochilboy Ramatov «Nanay»dagi loyihalarni nazorat qiladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjatning matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.
Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida maxsus turizm zonalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Jizzax, Namangan, Surxondaryo va boshqa viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda turizm zonalarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishning batafsil rejasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Turizm zonalarida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ustidan nazorat:
“Zomin” bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U.Umurzoqov;
“Nanay” bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.J.Ramatov;
“Boysun” bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026