“Koşelevskiy posad” korxonasida işlayotgan çoğida “noma'lum moddadan zaharlaniş” taşxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan 69 nafar Özbekiston fuqarosidan bir nafari vafot etdi. Bu haqda mamlakatimizning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi ma'lumotiga tayanib Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Özbekiston fuqarosi O.S. vafot etdi va hozirda Boş konsulxona marhum hamyurtimizning jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilişda kömak körsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilişiça, kasalxonaga yotqizilganlarning 48 nafari V.D.Seredavin nomidagi Samara viloyati klinik şifoxonasida va 1-son Tolyatti şahar klinik şifoxonasida bölib turibdi. Ularning ahvoli barqaror-oğir deb baholanmoqda.

20 nafar vatandoşimizga kasalxonadan javob berildi va ular iş joylariga qaytişdi. Ular mahalliy şifokorlarning doimiy kuzatuvida bölib turibdi.

Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligining mas'ul xodimlaridan taşkil topgan işçi guruh yuzaga keladigan masalalarni hal qiliş uçun rossiyalik hamkasblari bilan aloqa örnatdilar.

Boş konsulxona vaziyatni doimiy nazoratda uşlab turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Volgaböyi federal okrugi (Boşqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm ölkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Çuvaşiya Respublikasi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda mamlakatimizning Qozon şahridagi Boş konsulxonasiga +7-967-772-66-00 telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi.