Xalq deputatlari Nurafşon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi mas'ul xodimi Şuhrat Mirxodiyev, Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Rustam Xolmatov hamda şahar faollari iştirokida ötgan sessiyada şaharning yangi hokimi saylandi.

Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, Rustam Xolmatov tomonidan Nurafşon şahri hokimi lavozimiga Qahramon Qodiroviç Hakimov nomzodi tavsiya qilindi va bu nomzod bir ovozdan şahar hokimligiga tasdiqlandi.

Qahramon Hakimov 1971 yil 15 iyunda Andijon viloyati Baliqçi tumanida tuğilgan. 1995 yilda Farğona politexnika institutini tamomlagan.

U iş faoliyatini Izboskan tumani IIBda boşlagan. Faoliyati davomida sanoat va quriliş sohasida bir qator mas'ul lavozimlarda işlagan. 2018 yildan buyon «Toshuyjoy LITI» aksiyadorlik jamiyati boş direktori lavozimida işlab kelayotgandi.

Toşkent viloyatining ma'muriy markazi bölmiş Nurafşon (sobiq Töytepa) şahriga 2018 yilning yanvaridan buyon Usmon Rahimov rahbarlik qilib kelayotgandi. U bugun Toşkent viloyatining Olmaliq şahriga hokim etib tayinlandi.