O‘zbekistonga benzin sotgan turkmanistonlik prokurorlar ishdan olindi
7 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov «xizmat vazifasini lozim tarzda bajarmagan» Lebap viloyati prokurorlari Boyjon Boyjonov va To‘ylimurot Yegenovni ishdan oldi.
«Xroniki Turkmenistana» xabariga ko‘ra, Ko‘ytendag tumani prokurori lavozimni egallagan Boyjonov va Davlatli tumani prokurori lavozimini egallagan Yegenov xizmat vazifasini suiiste'mol qilganlik, davlat mulkini ko‘p miqdorda o‘zlashtirganlik, qo‘shxotinlilik, tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, prokurorlar O‘zbekiston hududidan sigaretalarning kontrabandasi bilan ham shug‘ullanishgan. Rossiyada ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari Tollimarjon shahri yaqinidagi o‘zbek-turkman chegarasidan o‘tkazilgan. Sigaretalar sotib yuborish sharti bilan xususiy do‘konlarga tarqatilgan.
Tergov idoralari e'tiborini prokurorlarning yana bir «biznesi» ham tortgan. Ular chegara yaqinligidan foydalanib, Lebap viloyati uchun ajratilgan benzinni qo‘shni mamlakatga noqonuniy yetkazishni ham yo‘lga qo‘yishgan, ya'ni 3 oy ichida O‘zbekistonga A92 markali 280 tonna benzin sotilgan. «Xroniki Turkmenistana» xabariga ko‘ra, bu fakt bo‘yicha O‘zbekiston ham tergov o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024