Qozoğiston aholisi 1 iyulda 18 mln 507,9 ming kişini taşkil etib, 2018 yil 1 iyuliga nisbatan 235,5 ming kişiga yoki 1,3 foizga köpaygan. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.
Şaharlar aholisi 10 mln 816,6 ming kişi yoki umumiy aholining 58,2 foizini, qişloq aholisi 7 mln 726,3 ming kişini (41,8 foiz) taşkil qilgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qozoğistonga kelganlar soni 2018 yilning şu davriga nisbatan 11,3 foizga kamaygan, çiqib ketganlar soni 16,9 foizga köpaygan. Asosiy migratsiya ayirboşlaşuvi MDH davlatlari bilan yuz berib, Hamdöstlik davlatlaridan Qozoğistonga kelganlar uluşi 82 foizni, çiqib ketganlar uluşi 90,6 foizni taşkil qilgan.












