Toşkentda patrul-post xizmati xodimi Mirobod tumanidagi uy oldida turli ölçamdagi şubhali 6 ta qutini aniqlagan. Xodim qutilarda portlovçi moddalar bölişi mumkinligiga gumon qilgan. Bu haqda Toşkent şahar IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

“Bugun, 15 avgustda, soat 18:46da patrul-post xizmati xodimi Mirobod tumani Mirobod köçasidagi 27/11-uy oldida turli ölçamdagi, egasiz 6 ta qutini aniqlab, bu haqda Mirobod tumani IIB navbatçi qismiga xabar qilgan”, deyilgan xabarda.

Şundan keyin voqea joyiga içki işlar vazirligining portlovçi moddalarni zararsizlantiriş otryadi mutaxassislari yetib kelişgan. 

Tekşiruv vaqtida böş qutilarda heç narsa yöqligi aniqlanib, ular şu uyda joylaşgan poyabzal dökoniga tegişli ekani va köçaga otib yuborilgani örnatilgan.