Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholaş tizimini yanada takomillaştiriş va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantiriş töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Belgilab qöyilişiça, 2020 yil 1 yanvardan:
akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini “Özstandart” agentligi rasmiy saytida joylaştirilgan sinov dasturlari asosida ötkazadi;
bir turdagi mahsulotga nisbatan tasdiqlangan sinov dasturini ikkita va undan ortiq xususiy sinov laboratoriyalari töliq xalqaro talablar asosida özlaştirgan taqdirda, davlat organlari tizimiga kiradigan sinov laboratoriyalari tomonidan mazkur mahsulotning sinovi faqat davlat monitoringi hamda nazorati maqsadlarida amalga oşiriladi;
mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovçi ruxsat beruvçi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylaştiriş idoraviy böysunuvidan qat'iy nazar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida ötkazilgan ijobiy sinov natijalariga asosan amalga oşiriladi;
akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari xalqaro standartlarga asosan yangi sinov uslubini özida joriy etsa, uç oy içida akkreditatsiya doirasini kengaytiriş majburiyatini olgan holda uşbu uslub böyiça muvofiqlikni baholaş işlarini amalga oşirişlariga ruxsat etiladi. Bunda yangi sinov uslublarini qöllaşga akkreditatsiya sohasini kengaytiriş uçun belgilangan tartibda taqdim etilgan buyurtma asos böladi;
muvofiqligi tasdiqlanişi şart bölgan mahsulotlar sinovini amalga oşirmaydigan va taşkilotlarning öz işlab çiqariş ehtiyojlari uçun taşkil etiladigan sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qiliş örniga ularning texnik jihatdan malakaliligini ma'qullaş tartibi joriy etiladi.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan qoidalar ösimliklar karantini xizmati va farmatsevtika mahsulotlariga tatbiq etilmaydi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Davlat bojxona qömitasi va “Özstandart” agentligining 2020 yil 1 yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvçi tartibni joriy etiş haqidagi takliflari ma'qullandi:
davlat xaridlarida, birja savdolarida iştirok etiş hamda imtiyoz va preferensiyalar oliş uçun korxona va taşkilotlar özlari taklif etayotgan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaş;












