2019 yil 16 avgustda Energetika vazirligida OTB bilan davlat-xususiy şerikçiligi (DXŞ) şartlari asosida umumiy quvvati 1000 MVt.gaça bölgan hamda taxminiy loyiha qiymati 800 mln. AQŞ dollariga teng bir qator fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça maslahat xizmatlarini körsatişga doir bitim imzolandi.

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, kamida 100 MVt quvvatli fotoelektr stansiyasini quriş böyiça birinçi sinov loyihasini amalga oşiriş joyi sifatida (uşbu bitimga köra) Surxondaryo viloyatining Şerobod tumani tanlangan.
OTB uşbu bitimga muvofiq, maslahatçi sifatida iş yuritadi, loyihaning konsepsiyasi, moliyaviy modeli, loyihaviy-baholaş hujjati (TEO), elektr energiyani xarid qiliş töğrisidagi bitim (RFQ) tayyorlanişini taşkillaştiradi hamda energetika sohasidagi yetakçi mutaxassislarni jalb etgan holda xalqaro tenderni ötkazadi.
Uşbu loyiha Energetika vazirligi tomonidan OTB, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, DXŞ rivojlantiriş agentligi kömagida va muvofiqlaştirilişi yordamida amalga oşiriladi. Loyiha amalga oşirilişining boşlanişi 2021 yilga möljallanmoqda.
Qayd etilişiça, 2030 yilgaça DXŞ böyiça qator yirik loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bunda ularning asosiy qismi qayta tiklanadigan energiya manbalari (QEM)ga töğri keladi. Şu jumladan, respublikaning bir neçta hududida quvvati 5 GVt.gaça bölgan fotoelektr stansiyalari va quvvati 1,7 GVt.ga teng şamol elektr stansiyalari, şuningdek, Sirdaryo viloyatida quvvati 2,6 GVt.ga teng issiqlik elektr stansiyalari qurilişi böyiça loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Sanab ötilgan loyihalarni tayyorlaş va amalga oşirişga sarflanadigan xarajatlarning asosiy qismi XMK tomonidan, şu bilan birga, budjet hisobidan tölanadigan xarajatlarning bir qismi tender ğolibi tomonidan qoplanadi.











