“Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga özgartiş kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi doirasida uşbu masala körib çiqilib, ma'qullandi. Endi loyiha navbatdagi yalpi majlisda körib çiqiladi. Bu haqda deputat Rasul Kuşerbayev xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Bola huquqlari töğrisida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga köra 18 yoşga tölmagan har qanday inson bola hisoblanadi. 

Özbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qöşilgan. Biroq Özbekiston Respublikasining milliy qonunçiligida ön sakkiz yoşga yetmagan şaxsni nikoh tuzişga (turmuşga çiqişiga) ruxsat berilişi haqidagi normaning mavjudligi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq emas edi.

Oila kodeksining 15-moddasi birinçi qismi bilan nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun 18 yoş etib belgilanmoqda. Amalda esa 17 yoş.

Ma'lumotlarga köra, FHDYo organlari tomonidan 17 yoşda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016 yilda 4233 tani, 2017 yilda 4853 tani va 2018 yilda 5123 tani taşkil etgan.

Qonun qabul qilinişi xotin-qizlarning erta nikohi va erta tuğuruqning oldini olişga xizmat qiladi. 

Qonun loyihasini işlab çiqiş jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoşini belgilanganligi holati ham örganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarboyjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun ön sakkiz yoş etib belgilangan.

“Uzoq vaqtdan beri köp muhokamalarga sabab bölib kelayotgan nikoh yoşi masalasida heçdan köra keç bölsa ham mantiqli qarorga kelinayotgani köpçiligimiz uçun rozi bölişga arzirli hol”, - deb yozadi deputat.