Özbekistonda ayollar uçun nikoh yoşi 17 yoşdan 18 yoşga oşiriladi.

Bugun Senat yalpi majlisida Oila kodeksiga bu özgarişni kiritişni nazarda tutuvçi qonun ma'qullandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Bungaça mamlakatda ayollar uçun nikoh yoşi 17, erkaklar uçun 18 yoş bölib kelgan. Endilikda bu me'yor tenglaştirilmoqda.

Qöşimça qiliş joiz, qonunçilikka köra, uzrli sabablar bölganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tuğilişi, voyaga yetmagan şaxsning töla muomalaga layoqatli deb e'lon qilinişi (emansipatsiya), nikohga kirişni xohlovçilarning iltimosiga köra nikoh davlat röyxatidan ötkaziladigan joydagi tuman, şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan bir yilga kamaytirişi mumkin.

Eslatib ötamiz, prezidentning 2019 yil 22 apreldagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uçun nikoh yoşi ön sakkiz yoş etib belgilangan edi.