Özbekiston aholisi Mustaqillik kuni munosabati bilan bir neça kun dam olişadi.

2018 yil dekabrda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi farmonni imzolagandi. 

Hujjatga köra, haftasiga 5 kun işlaydigan özbekistonliklar 31 avgustdan 3 sentyabrgaça (4 kun), 6 kunlik işda maşğul bölganlar esa 1-3 sentabr kunlari (3 kun) dam olişadi.

Dam oliş kunlari quyidagiça körinişda böladi:

- 31 avgust (şanba) – kalendar böyiça dam oliş kuni;

- 1 sentabr (yakşanba) – işlanmaydigan bayram kuni;

- 2 sentabr (duşanba) – qöşimça işlanmaydigan kun;

- 3 sentabr (seşanba) - 7 sentabr, şanbadan köçirilgan dam oliş kuni.

Farmonda aytilişiça, qöşimça işlanmaydigan kun (2 sentabr) işçilarning har yilgi mehnat ta'tillari davomiyligining 3 kunga qisqartirilişi hisobiga kompensatsiyalanadi.