Qirğiziston sobiq boş vaziri Sapar Isoqov kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda media-ekspert Gulnur Toraliyeva «Feysbuk»dagi öz sahifasida xabar berdi.
Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasidan xabar qilişlariça, Isoqov şifokorlar nazorati ostida qolmoqda. MXDQ sobiq amaldorning aynan qaysi kasalxonada ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Ayni paytda, AKIpress manbalari xabar berişiça, sobiq boş vazir Milliy kasalxonaning nevrologiya bölimiga yotqizilgan. Unda umurtqa arteriyasi sindromi aniqlandi, bu örta yoşda qayd etilişi mumkin bölgan insultning eng köp uçraydigan sababidir.
Eslatib ötamiz, Qirğiziston sobiq boş vaziri Sapar Isoqov 2018 yil 5 iyun kuni qölga olindi. Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qömitasi S.Isoqovga Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 303-moddasi 1-qismi (korrupsiya) bilan ayblov qöygan.

















