Qonunçilikka köra, test sinovlari natijasidan norozi bölgan abituriyentlar 21 avgustdan 30 avgustgaça (belgilangan iş vaqtiga muvofiq) bölgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron şaklda apellyatsiya şikoyatini beriş huquqiga ega. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Şundan söng abituriyentga xabarnoma yuborilişi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi şart.
Şikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent iştirokida, uning yozma javoblari asosida körib çiqiladi.
Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topşiriqlari notöğri bajarilgan javoblar röyxati hamda test sinovlarida berilgan test topşiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir notöğri test topşiriğiga javoblarini yozma ravişda bayon qiladi.
Komissiya apellyatsiya şikoyatini qanoatlantiriş yoki qanoatlantirişni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga uşbu qarordan köçirma beriladi.
Abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganini qaçon bilişi mumkin?











