Hindiston va Pokiston örtasidagi çegaraning Kaşmir qismida otişma sodir böldi. 

Nyu-Dehli hukumatining bildirişiça, ikki davlat harbiylari orasida "qattiq" töqnaşuv bölib ötgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, bir nafar hind askari halok bölgan.
Islomobod mazkur voqea böyiça hozirça izoh bermadi.  

13 avgust kuni ham Hindiston va Pokiston örtasidagi nazorat çiziğidagi otişmada Pokistonning 4 va Hindistonning 5 harbiysi halok bölgani xabar qilingandi.
Kaşmir knyazligi hududi 1947 yildan beri ikki davlat örtasidagi bahsga sabab bölib kelmoqda. Ayni vaqtda hududda davlat çegarasi mavjud bölmay, uning hududi nazorat çiziği bilan ajratilgan.