Malayziyaning uçta nohukumat taşkiloti Donbass osmonida urib tuşirilgan «Boing» MRN17 işi böyiça sud jarayonini töxtatib turişni söradi. Bu haqda The Star gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Perdana fondi, Adolatli dunyo uçun xalqaro harakati (JUST) hamda Global Research taşkiloti Malayziya va Niderlandiya boş vazirlariga murojaat qilib «köplab muhim savollarga javob olinmagani» uçun sud jarayonini noma'lum muddatga qoldirişni söradi.
16 avgust kuni «Boing» qulaşi işini örganayotgan germaniyalik xususiy detektiv Yozef Reş uşbu halokat böyiça yangi ma'lumotlarni berişga tayyorligini bildirdi. Uning advokati maktubida yozilişiça, avvalroq Reş bu ma'lumotlarni jahon OAVlari iştirokida tergovçilarga berişga uringan va tergovçilarning rad javoblaridan hayratda qolgan.
Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçayotgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga qaraşli «Boing-777» samolyoti 2014 yil 17 iyulda Donetsk oblastida halokatga uçragan. Samolyotda bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan. Xalqaro tergov samolyot «Buk» raketa majmuasi tomonidan urib tuşirilgan degan xulosaga kelgan.












