«Barselona» yetakçisi Lionel Messi jarohatidan tiklanib, umumiy guruh maşğulotlariga qaytdi.
AS`ning xabar berişiça, 10-raqam egasi bugundan jamoa bilan birgalikda şuğullana boşlaydi.
Leo 6 avgust kungi maşğulotda boldir muşaklaridan şikastlanib, AQŞ turnesi va La Liganing ilk turidagi «Atletik» bilan öyinni (0:1) ötkazib yuborgan edi.
Manbaga köra, Messi «Atletik»ga qarşi bahsda qatnaşişi ehtimoli bölgan, ammo boş murabbiy Ernesto Valverde uning soğligi bilan tavakkal qilmaslikni ma'qul körgan.
2-turdagi «Betis» bilan öyinda «kök-anorranglilar»ning boşqa bir hujumçisi – Luis Suares jarohati bois qatnaşa olmaydi. Öyin 25 avgust, yakşanba kuni «Kamp Nou»da bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, Messi ötgan mavsum kataloniyaliklarning 50ta öyinida qatnaşib, 51ta gol va 22ta golli uzatma muallifi bölgandi. U 10 karra Ispaniya çempioni sanaladi.












