Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyahuning rafiqasi Kiyevda samolyot yoniga olib chiqilgan non bo‘lagini yerga tashlab yubordi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning rafiqasi Sara Kiyevga tashrifi chog‘ida samolyotdan tushishiga olib chiqilgan non bo‘lagini yerga tashlab yubordi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Internetda e'lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, samolyot qo‘nganidan so‘ng trap yonida an'anaviy ukrain libosini kiygan uch qiz er-xotinni kutib olgan hamda ularga non va tuz taklif qilishgan.
Hukumat rahbari nonning bir bo‘lagini sindirib olib, tuzga botirgan va tishlagan, keyin esa xotiniga uzatgan. Sara Netanyahu olgan non bo‘lagiga hayron bo‘lib qaragan va yerga tashlab yuborgan.
Isroil ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Netanyahuning rafiqasi Kiyevga parvozdan oldin ham yaxshi kayfiyatda bo‘lmagan, sababi u laynerga chiqish paytida o‘zi bilan yetarli darajada yaxshi ko‘rishmagan kema qo‘mondonidan g‘azablangan.
Mavzuga oid
20:25
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026