Jamiyat | 12:38 / 20.08.2019
10742
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Faktura.uz: buxgalteriya va biznes uchun elektron hujjat 

Faktura.uz elektron hujjat aylanishi servisi 3 yildan beri mavjud, va shu vaqt ichida Markaziy bank va 29 tijorat banklari, uyali aloqa operatorlari va Internet-provayderlar, korzinka.uz hamda Uztelekom – jami 12 mingdan ortiq O‘zbekistonning turli shaharlaridagi tashkilotlar unga ulangan. Ushbu kompaniyalar hujjatlarni yuborish narxini kamida 5 marotaba kamaytirdi, buxgalteriya uchun binolarni ijaraga berish narxini kamaytirdi va o‘z xodimlariga hujjatlarni cheksiz muhrlash o‘rniga foydali ishlarni bajarish imkoniyatini yaratdi.

Faktura.uz - oddiy va ravshan bulutli xizmat bo‘lib, u kompaniyalarga 35 turdagi standart hujjatlar va rasmiylashtirilmagan hujjatlar bilan almashish imkonini beradi. Hujjatlar tizimda ro‘yxatdan o‘tgan har qanday kompaniyaga yoki, biznes tarmoqli bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida bir necha tashkilotlarga yuborilishi mumkin. Hech qanday oylik to‘lovi yo‘q: siz faqat yuborgan hujjatlaringiz uchun to‘laysiz. Tizimda yaratilgan barcha hujjatlar raqamli imzoga ega va qonuniy ravishda oddiy qog‘oz hujjatlariga tengdir.

Faktura.uz xizmatida yaratilgan hujjatlar nafaqat qabul qiluvchi va jo‘natuvchining shaxsiy hisob raqamlariga, balki soliq organlariga ham avtomatik ravishda yuboriladi. Shu sababli, soliq tekshiruvi paytida tizimdagi fayllar bo‘yicha hisobot tuzish juda oson - davlat organlarida elektron hujjatlarni tezkor tekshirishga imkon beradigan vositalar mavjud.

Shaxsiy hisobni faollashtirgandan so‘ng, tashkilot tizimda ro‘yxatdan o‘tgan 12 mingta tashkilotning istalganiga ma'lumot yuborishi mumkin. Bu, ayniqsa, kompaniyaning kontragenti boshqa shaharda joylashgan tashkilotlar uchun qulaydir. O‘zingiz solishtiring: Faktura.uz xizmati orqali bitta hujjatni yuborish 1 500 so‘mni tashkil etadi, pochta, kur'yerlik xizmati yoki shaharlararo taksi haydovchisi orqali yetkazib berish esa mos ravishda 7, 10 va 25 ming so‘mga aylanadi. Faktura.uz  bilan shoshilinch hisob-fakturani yoki shartnomani olish uchun shaharning boshqa chetiga borish hojati yo‘q - endi siz ularni ofisingizdan chiqmagan holda qabul qilishingiz yoki yuborishingiz mumkin.

Faktura.uz xizmati nafaqat yirik biznes, balki o‘rta va kichik tadbirkorlik uchun ham qulaydir. Aynan ular uchun tizimga ulangan xodimlarning soni 10 kishidan oshmasa, kompaniya ichida hujjatlarni bepul yuborish imkoniyati mavjud. Bank ma'lumotlarini himoya qilish tizimlardan foydalangan holda, ichki va tashqi hujjat aylanishi xavfsizligi teng ravishda ta'minlangan. 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid