So‘nggi yillarda qog‘ozlar o‘rnini elektron hujjatlar tobora egallab bormoqda. Mamlakatimiz ham bu borada ildam qadam tashlamoqda. O‘zbekiston qonunchiligida esa mazkur yo‘nalishda qator o‘zgarishlar yuz berdi.
Soliq kodeksining 222 moddasiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, hozirda hisob-fakturalarni elektron hujjat ko‘rinishida tayyorlashga rasman ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yangilangan qonun elektron hisob hujjatlarini qog‘ozli muqobiliga teng huquqli etib belgilaydi va ularga bir xil yuridik kuch beradi.
Qonunchilikdagi mazkur yangiliklar natijasida “Space Online Genesis” kompaniyasi “Faktura.uz” yagona axborot tizimini yaratdi. Ushbu tizim o‘z mijozlariga elektron hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, yuborish va yetkazib berish bilan bog‘liq o‘ziga xos imkoniyatlarni taqdim etadi.
Nima uchun “Faktura.uz”ni tanlash lozim?
1. “Faktura.uz” hujjatlarni chop etishga sarflanayotgan resurslarni tejab qoladi.
2. Shartnoma va hujjatlarni yetkazib berish uchun ortiqcha vaqt sarflanmaydi. Qog‘ozning raqamli versiyasini yuborish bor-yo‘g‘i bir necha soniya vaqtni oladi.
3. Ko‘plab muammolar - hujjatning qog‘oz varianti yo‘qolib qolishi, iflos bo‘lishi yoki shunchaki kerakli manzilga yetib bormasligini oldi olinadi.
4. Elektron hujjatlarni saqlash mutlaqo qulay: ularni saqlash uchun ijara haqi to‘lash shart emas, kerakli hujjatni tezda belgilangan serverdan izlab topish mumkin.
5. Avtomatlashtirilgan tizimda hujjatlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar (saralash, hisobotlar va boshqalar) bir lahzada amalga oshiriladi va bu buxgalterlardan ortiqcha mashaqqat talab etmaydi.
6. Imzolangan hujjatni qalbakilashtirib bo‘lmaydi – hujjatga o‘zgarish kiritilsa, imzoga to‘g‘ri kelmay qoladi.
Ko‘p korxonalarning hozirgi kunda ichki ish yuritish jarayonlari elektron axborot tizimlari asosida bajariladi, hisobotlar va ishchi hujjat yurishi ham elektron ko‘rinishda. Faqatgina tashqi hamkorlar bilan har oy qaytariladigan hujjatbozlik hali hanuz qog‘ozda, shaxslar imzosini va korxona muhrini talab etmoqda.















