Endi hujjatlarni yuborish juda qulay, oson va bu avvalgidek ko‘p vaqtni olmaydi. Sir emaski, internet-munosabatlar ko‘p pul, kuch va vaqtni tejaydi, bu ayniqsa, «vaqt—pul» qoidasi bo‘yicha yashaydiganlar, xususan, buxgalteriya ishchilari va kompaniyalar rahbarlari uchun kompaniyalar o‘rtasida tez va ishonchli hujjatlar aylanmasi borasida qo‘l keladi.

Foto: Faktura.uz

Faktura.uz portali oldi-sotdilarni osonlik bilan boshqarish, aktlarni, hisob-fakturalar tuzish, to‘lovlarni olish va kuzatish, buxgalteriya hisobini olib borish, UzKard korporativ kartalari va POS terminallari bo‘yicha operatsiyalarni kuzatish imkoniyatini beradi. Buning ustiga, portal ERI kalitlari yordamida imzolangan elektron hujjatlarni (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi servisi orqali elektron raqamli imzolar) ishonchliligini va to‘g‘riligini tekshirish imkonini beradi, bu uzatilayotgan elektron hujjatning butunligi ustidan to‘liq nazoratni hamda hujjatni tuzatish va o‘zgartirishlardan (qalbakilashtirishdan) himoyalaydi.

Faktura.uz servisining sodda va ilg‘or yechimlari vositasida foydalanuvchi haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat davomida o‘z ishbilarmonlik faoliyati, to‘lovlari statusini ko‘rib turishi hamda hisob-fakturaning qaysi bosqichda turganini kuzatishi mumkin. Eng asosiysi, bu amaliyotlarning bari onlayn rejimida va ishonchli himoya ostidadir.

Foto: Faktura.uz

Faktura.uz’da ishlashni boshlash uchun qog‘ozda shartnoma tuzish shart emas. Faktura.uz’ga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Inspektsiyasi tomonidan berilgan elektron kalit yordamida ochiq ofertani qabul qilishning o‘zi kifoya. Tizim bilan tashkilot o‘rtasidagi elektron hujjatlar almashish bepul.

Dastlab, www.faktura.uz’da ro‘yxatdan o‘tish uchun bir necha daqiqa talab etiladi, u yerda odatiy kataklarni to‘ldirishdan tashqari, tashkilot nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatish zarur. Servisning asosiy sahifasi tizim foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan ma'lumotlar bilan to‘la-to‘kis to‘ldirilgan. «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limida esa