Prezidentning ötgan yilgi taşrifi davomida berilgan körsatmalar asosida hukumatning Möynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi qabul qilingan. Unda 2019-2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard sömlik quriliş-ta'mirlaş işlari amalga oşirilişi belgilangan.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, qisqa vaqt içida qator obektlar foydalanişga topşirildi. Jumladan, 800 örinli amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatau» ovul fuqarolar yiğinidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.

Iyul oyida «Möynoq porloq teks» mas'uliyati çeklangan jamiyat tomonidan tikuvçilik korxonasi işga tuşirildi. 350 ta iş örni yaratildi.
Zamonaviy maşinalar örnatilgan mazkur korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvçilik va trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega. Hozirda çoyşab va körpajildlar, maxsus iş formalari tikilmoqda. Şu yerda savdo dökoni taşkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona işçilari uçun xonadonlar ajratilgan.

Şavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanişdi, işçi xotin-qizlar bilan suhbatlaşdi.

- Möynoqdagi özgarişlarni, sizlarning közlaringizdagi rozilikni körib juda xursandman. Bu – uzoq-uzoq hududlarga borib qilayotgan işlarimiz natijasi. Agar kimdir bizning islohotlarimizga şubha qiladigan bölsa, Möynoqqa kelib körsin, - dedi prezident.




















