Xartumda harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Başir ustidan sud jarayoni boşlandi. Sud hozirça sobiq prezidentga qöyilgan korrupsiya böyiça ayblovlarni körib çiqmoqda.
Sud majlisiga al-Başirni himoya qilgani 100 ga yaqin advokat kelgan. Sudlanuvçining özi metall qafas içiga joylaştirilgan. Mamlakatni 30 yil boşqargan al-Başirni sud binosiga qurollangan harbiylar zirhlangan maşinalarda keltirişgan.
Al-Başir ustidan sud jarayoni bir neça marotaba qoldirilib kelinayotgandi.
Tergov vakilining aytişiça, al-Başir Saudiya Arabistoni hukumatidan millionlab dollar olganini tan olgan. OAV ma'lumotlariga köra, al-Başirning uyi tintuv qilinganda 6 mln yevro, 351 ming dollar hamda mahalliy valutada katta miqdorda pul topilgan.
Sudanda harbiy töntaruv 11 aprelda yuz bergandi. Bungaça aholi mamlakatdagi xarobagarçilik sababli ommaviy noroziliklar uyuştirib kelgan. Umar al-Başirga qarşi jinoiy iş namoyişçilarning halok bölişi va terrorçilarga pul beriş ayblovlarini ham öz içiga olgan.












