Xitoyning Huawei kompaniyasi asosçisi Ren Jyenfey kompaniya ayni vaqtda “hayot va ölim çegarasida” turganini aytdi. U Bloomberg agentligiga kompaniya öz xodimlarini loyihalar böyiça qayta taqsimlayotganini ma'lum qilgan.

Jyenfeyning ta'kidlaşiça, hozirda kompaniya yangi loyihalarni işlab çiqiş uçun alohida jamoalar şakllantirmoqda. Xodimlar ularga qöşilib, agar iş unumli bölsa, xizmat pillapoyalari böyiça ösişga umid qilişlari mumkin. Biroq unumdorlik qoniqarsiz bölsa, ularning maoşlari har uç oyda qisqartirilib boradi va hattoki ular işdan böşatilişlari ham mumkin.

Huawei rahbari oğir vaziyatga qaramay, kompaniya rivojlanişiga umid bildirgan. U AQŞning kompaniyaga qarşi xatti-harakatlari jiddiy zarar yetkazmasligini va kompaniya amerikalik hamkorlarsiz ham rivojlanişda davom eta olişini ta'kidlab ötgan. U şaxsiy xizmatlar va texnologiyalarning rivojlantirilişiga umid qilmoqda. 

AQŞ hukumati Xitoy kompaniyasini josuslikda ayblab, 2019 yil mayida uni “qora röyxatiga” qöşgandi. Uşbu taqiqlov sababli bir qator kompaniyalar Huawei bilan hamkorlik qilişdan boş torta boşlagan. Bunday muammolardan eng şov-şuvlilaridan biri Google’ning Xitoy kompaniyasi öz mobil qurilmalarida Android operatsion tizimini qöllaşiga taqiqlovi bölgan.  

Biroq hozirda AQŞ kompaniyalariga Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilişga 18 noyabrgaça vaqtinçalik ruxsat berilgan. AQŞ savdo vaziri Uilbur Rossning ta'kidlaşiça, hozirda AQŞ Huawei kompaniyasi mahsulotlariga kuçli tobe. Ross AQŞ fuqarolarini Xitoy kompaniyasi texnikasidan boş tortişga çaqirgan.