Shavkat Mirziyoyev Nukusda qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishdi
Prezident maktablari boshqa maktablar uchun andoza bo‘lishi, ta'lim muhitini o‘zgartirishi kerak. Bu haqda davlat rahbari Nukus shahrida qurilayotgan Prezident maktabi bilan tanishish chog‘ida aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident maktablari tashkil etish tashabbusini o‘tgan yili aynan Nukusda e'lon qilgan, buni Qoraqalpog‘istondan boshlashni taklif etgan edi.
Joriy yil 20 fevralda shu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Nukus shahrida ham ushbu maktab qurilishi jadal olib borilmoqda. Kembrij universiteti bilan hamkorlikdagi Imtihon kengashi tomonidan o‘tkazilgan qabul jarayonlarida eng bilimga chanqoq bolalar tanlab olindi.
Shavkat Mirziyoyev maktabning binosi ham, ma'rifati ham mukammal bo‘lishi kerakligini, shuning uchun uni shoshmasdan, sifatli qurib, Konstitutsiya bayramida foydalanishga topshirish zarurligini ta'kidladi. Ungacha o‘quvchilar boshqa binoda o‘qib turadi.
Maktabda darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va «STEAM» dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta'lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.
Davlat rahbari mazkur bilim dargohi uchun pedagoglar qanday tanlanayotgani bilan qiziqdi.
«Bu maktablarning o‘qituvchisi ham, o‘quvchisi ham eng namunali bo‘lishi lozim. Chuqur bilim bilan birga ma'naviyat, vatanparvarlik hissi ham singdirilishi zarur. Bu yerga bilimli bolalar kelishi uchun har bir tumanda bazaviy bog‘cha va maktablar shakllanishi lozim. Shunda umumiy bilim, saviya, ta'lim muhiti o‘zgaradi», deydi prezident.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024