Farzand tuğilişi ota-ona uçun baxtdir, biroq uzoq kutilgan çaqaloq  oğir tuğma kasallik bilan dunyoga kelişi falokatning özginasi. Bolaga yurak porogi taşxisi qöyilişi eng bardoşli ota-onani ham sindirişi mumkin. Har yili 1 400 000 nafar bola oğir va murakkab yurak porogi bilan dunyoga keladi.

Murğak bolaning ahvoli kundan-kunga yomonlaşişi mumkin. Şunday vaziyatlarda ota-onalar özlarini qöyarga joy topolmay, farzandini qutqariş uçun har qanday imkoniyatni qöldan çiqarmaslikka harakat qiladi. Ba'zi vaqtlarda esa yuzaga kelgan vaziyatdan çiqiş yöqdek körinadi.

AKFA Medline klinikasi ota-onalarga hayotining mazmunini qaytariş, gödaklarining oğir kasallikdan tuzalib ketişiga umid beriş uçun Koreyadan kelgan kardioxirurglar bilan hamkorlikda «Sen Yaşaysan» xayriya aksiyasini taşkil qildi.

5-17 avgust kunlari AKFA Medline kardioxirurgiya markazi mutaxassislari respublikaning barça aholisi uçun bepul konsultatsiyalar taşkil qildi. Yakunda zudlik bilan operatsiya qilinişi kerak bölgan 30 nafar bola tanlab olindi.

Bugun, 21 avgust kuni klinikada «Sen Yaşaysan» xayriya aksiyasining ikkinçi bosqiçi ötkazildi. Janubiy Koreyadan kelgan kardioxirurg mutaxassislar mahalliy doktorlar körigidan keyin tanlab olingan 30 nafar murğak bolani tekşirdi.

Bepul konsultatsiyalar natijasida 5 nafar gödak kuz oxirida Koreyaga ketadigan böldi. U yerda ularga kelajakda tuzalib ketişi uçun yana bir umid beriladi. Boriş-keliş, yaşaş, tahlillar va jarrohlik amaliyoti xarajatlari AKFA Medline klinikasining Janubiy Koreyadagi hamkori Gil Hospital hisobidan tölab beriladi.