Bananning eng keng tarqalgan Kevendiş navi plantatsiyalarini yakson qiluvçi ştamm (mikroorganizm) Lotin Amerikasida ilk bor qayd etildi. Olimlar Kolumbiya maydonlarida Fusarium TR4 zamburuğini aniqlaşdi. Tez orada bananlarsiz qolişdan xavotirlanişga sabab yetarlimi?

«Panama kasalligi» odamlar uçun xavf tuğdirmaydi, biroq yetiştirişda joy tanlamagani uçun eng keng tarqalgan butun bir navni payhon qilişga qodir. Hozirgi kunda bananlar juda muhim oziq mahsuloti va dunyo böylab millionlab insonlarning pul topiş manbai hisoblanadi.

Bu qanday kasallik?

TR4 fuzarioz zamburuği birinçi marta ötgan asrning 90-yillarida Malayziya va Indoneziyada paydo bölgan va qöşni Xitoyga juda tez sur'atlarda tarqalgan edi. U ösimlikning ildizi va strukturasiga şikast yetkazadi.

BMTda ogohlantirişlariça, «Panama kasalligi» banan hosili uçun katta çang soladi, ayniqsa esa undan töliq qutulişning iloji yöq. Bundan taşqari, zamburuğ tuproqda yana 30 yil saqlanib qoladi.

TR4 ştammi (Tropical race 4) Osiyo, Avstraliya va Afrikada tarqalgan, ammo dunyoning banan yetkazib beriş markaziga aylangan Lotin Amerikasida u avval uçratilmagandi.

Kolumbiyadagi zamburuğ Niderlandiyaning Vageningen universiteti olimlari guruhi tomonidan aniqlangan. Kolumbiyaning qöşnisi bölgan Ekvador dunyoda bananning eng katta eksportyori hisoblanadi.

Professor Gert Kemaning sözlariga qaraganda, zamburuğ hududda juda jiddiy halokatga olib keluvçi kuçga ega bölişi mumkin.

Zamburuğ Amerikaga qanday kelib qoldi?

Kavendiş naviga mansub vegetativ köpayuvçi barça banan daraxtlari eng birinçi yaratilgan tupning genetik klonlari hisoblanişadi, şuning uçun agar ularning biriga zarar yetsa, boşqalari ham kasallanadi.

Kavendiş navi fuzarioz zamburuği 1950 yilda boşqa bir eng maşhur Gro-Mişel navini yakson qilganidan söng köpaytirilgan.

Professor Kemaning fikriga köra, Kavendiş navi avvalgilari kabi yöq bölib ketmasligi uçun monokulturaga aylanmasligi kerak.

«Biz banan yetiştirişni diversifikatsiya qilişimiz kerak», - deydi u.