Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Istirohat boğlarida attraksion qurişda xavfsizlik çoralari: muammo va yeçimlar” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.
Jurnalistlar Jizzaxda istirohat boğidagi fojiali voqea uçun kim javobgar ekani haqida savol berdi.

“Jizzaxdagi baxsiz hodisa uçun attraksionni sotib olgan tadbirkor va boğ ma'muriyati javobgar, — dedi qömita raisi Baxtiyor Ğulomov. — Aniqlanişiça, tadbirkor uşbu attraksionni Özbekistonda buyurtma asosida yasattirgan. Tadbirkor hali töliq bitmagan attraksionni özim tugatib olaman, deb olib ketgan. Va alaloqibat guvohi bölganimizdek, baxsiz hodisa kelib çiqişiga sababçi bölgan”.
Mutasaddilar har bir madaniyat va istirohat boğida birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun tibbiyot punktlarida şifokor va hamşira bölişi şart etib belgilanganini bildirdi. Örganişlar davomida 854 ta attraksionda birinçi tibbiy yordam körsatiş imkoniyati mavjud emasligi, 695 ta attraksionda javobgar şaxs tayinlanmagani aniqlangan.
Respublikamizdagi attraksionlarning 1292 tasida texnik pasport mavjud emasligi qayd etildi. 928 ta attraksionda işlatiş va örnatiş böyiça yöriqnomalar mavjud emas.












