Ruanda va Uganda ikki davlat örtasidagi köp yillik adovatni töxtatişga qaratilgan kelişuvni imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, kelişuv ostida öz imzolarini Ruanda prezidenti Pol Kagame va uning ugandalik hamkasbi Yoveri Kaguta Museveni qöygan. Kelişuvni imzolaş marosimi Angola poytaxti Luandada bölib ötgan. Unda Angola prezidenti Juan Lorensu va Kongo Demokratik Respublikasi rahbari Feliks Çisekedi ham iştirok etgan. Hujjatning biror-bir tafsiloti keltirilmagan.
Ikki davlat örtasidagi munosabatlardagi 20 yildan köproq vaqtdan beri davom etayotgan taranglik joriy yil boşida kuçaygan. Bunga esa Ruanda hukumati tomonidan Ugandaga ilgari surilgan ayblovlar sabab bölgan. Ta'kidlanişiça, Uganda göyoki “Ruanda milliy kongressi” muxolif partiyasiga yordam körsatgan va 1994 yilgi qatliomga aloqador bölgan isyonçilarni qurol bilan ta'minlagan.
Bundan taşqari, Kigalida ruandaliklarning Ugandada ta'qib qilinişi aytilgan. Uganda esa bunga javoban şunçaki xavfsizlikni ta'minlaş böyiça amaliyot ötkazayotganini aytgan.
Oqibatda Ruanda xavfsizlik nuqtai nazaridan öz fuqarolarining Ugandaga taşrif buyurişlariga çeklov kiritgan. Bundan taşqari, fevralda ikki davlat örtasidagi eng gavjum nazorat-ötkaziş punkti yopilgan. Şuningdek, Ugandadan kelayotgan mahsulotlar ortilgan yuk maşinalariga Ruandaga kiriş taqiqlangan. Uganda bunday harakatlar sababli qöşni davlatni savdo embargosi joriy qilişda ayblagan.












