Sudanda ötiş hukumati rahbari etib Abdulla Hamdök tayinlandi. U 39 oy davomida hukumatga rahbarlik qiladi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, Hamdök köplab yillar davomida BMTning Addis-Abebedagi tuzilmalarida yuqori lavozimda işlab kelgan. U Sudanga boş vazir etib tayinlanişidan biroz oldin qaytgan.
21 avgustda Sudanda mamlakatni keyingi saylovlargaça 3 yil boşqarişi kerak böladigan suveren kengaşning barça 11 a'zosi qasamyod keltirdi.
Kengaşga 5 harbiy va 6 fuqaro şaxsi kirgan. 21 oy davomida kengaşga general Abdulfattoh al-Burxon boşçilik qiladi. Qolgan 18 oy uni fuqaro şaxsi boşqaradi.
Sudanda harbiy töntaruv yuz berib, sobiq prezident Umar al-Başir hokimiyatdan çetlatilgandan keyin mamlakatni harbiy kengaş boşqarib kelayotgandi. Bu esa harbiylarning yakkahokimligiga qarşi noroziliklar keltirib çiqargan. Natijada harbiylar muxolif koalitsiya bilan bitim tuzişgan. Hujjatda mamlakatda harbiy-fuqarolik suveren kengaşi şakllantiriş haqidagi band ham bölgan.
Suveren kengaş taşkil etilişi mamlakatga siyosiy inqirozdan çiqişga va noroziliklarga çek qöyişga yordam berişi kutilmoqda.












