Soğliqni saqlaş vazirligi 21 avgust kuni Andijon viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazida şifokorlarga bemorning qarindoşi tomonidan suiqasd uyuştirilişi, şifokorlar xonasiga benzin sepib, xonaga öt qöyib yuborişga uriniş holati böyiça munosabat bildirdi.
«Ma'lumki, vazirlik jamiyatimizda fuqarolarning şifokorlarga tajovuz qiliş kabi noxuş holatlarning oldini olişning eng samarali yöllaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uçun qat'iy javobgarlikni kuçaytiriş lozimligini muntazam ta'kidlab keladi.
Şundan kelib çiqqan holda, bundan bir muddat oldin Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan tayyorlangan «Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qöşimça kiritiş töğrisida»gi Qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirilgan edi. Mazkur loyiha bilan öz xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoşlari tomonidan ğayriqonuniy ravişda tajovuz qilinişi yoki ularga tan jarohati yetkazilişidan iborat qilmişlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uçun javobgarlikni közda tutuvçi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qiliş hamda uşbu harakatlarni oğirlaştiruvçi holat sifatida baholaş taklif etilgan edi. Kuni keça Andijonda sodir etilgan voqea ham uşbu loyiha qabul qilinişi nihoyatda dolzarbligini yana bir bor körsatdi.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vaziri şifokorlarning haq-huquqlari himoyasini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Boş prokuraturasigaham murojaat bilan çiqqan edi. Unga köra, öz xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoşlari tomonidan ğayriqonuniy ravişda tajovuz qilinişi yoki ularga tan jarohati yetkazilişidan iborat qilmişlar uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş taşabbusi ilgari surilgan.
Tibbiyot xodimlarigi tajovuz qiliş holatlari sodir etilişining asosiy sabablaridan biri jamiyat va xalqqa tun-u kun xizmat qilayotgan şifokorlarga nisbatan tajovuz qilganlik uçun közda tutilgan jinoiy jazolarning birmunça liberalligidir. Oqibatda esa heç bir aybi bölmagan tibbiyot xodimining soğliğiga tiklab bölmaydigan darajada zarar yetkazgan şaxslar ham ayrim hollarda amalda heç qanday jazo ötamasdan qolib ketayotganini qayd etib ötmasdan ilojimiz yöq.
Şu bois, Soğliqni saqlaş vazirligi Oliy Majlisga şifokorlar haq-huquqlari himoyasini yanada mustahkamlaş maqsadida amaldagi qonunçilikni yanada kuçaytiriş, şuningdek, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi kabi qator huquqni muhofaza qiliş organlaridan fuqarolarning şifokorlarga tahdid va tajovuz qiliş kabi holatlarning oldini oliş va bartaraf etiş borasida jiddiy va keskin çoralar körib borişlarini, bu borada profilaktika işlarini yana kuçaytirişlarini qat'iy sörab qoladi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegram kanalidagi













