Yevroittifoqning antimonopol regulyatorlari Libra kriptovalutasi loyihasi munosabati bilan Facebook kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Yevropadagi amaldorlar mazkur to‘lov tizimi raqobatni cheklashi mumkinligidan xavotirda.
Regulyatorlar shuningdek, Libra ilovasining Facebook, WhatsApp va Messenger ilovalariga integratsiyalashuvini ham o‘rganmoqda.
Facebook Libra kriptovalutasini 2020 yilda chiqarmoqchi.
Regulyatorlar roziligini olish uchun Facebook Libra Association tashkilotini tuzgan bo‘lib, u kriptovalutaga oid qarorlarni qabul qiladi. Tashkilot tarkibiga 27 ta kompaniya, jumladan Visa Inc., Uber Technologies Inc. va PayPal Holdings Inc kiradi.















