Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan Çilonzor tumanida tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.
Tadbir davomida xorijiy fuqaro S.N. tomonidan Toşkent viloyati bojxona boşqarmasining «Oybek» çegara bojxona posti orqali qaytarib olib çiqiş majburiyati bilan mamlakatimizga olib kirilgan «Audi» rusumli avtomaşinani fuqaro S.A. öz ehtiyojlari yuzasidan noqonuniy tarzda boşqa davlat raqami belgisini taqib olib haydab yurgani ma'lum böldi.
Qonunbuzar fuqaro majburiyatnoma talablariga zid ravişda avtomaşinani 105 kun mamlakat hududida noqonuniy tarzda boşqarganligi va natijada 27 million söm miqdorda bojxona tölovlarini tölamaganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.












