Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşev Senat yalpi majlisida senatorlarga murojaat qilib, ulardan özlaridagi antikorrupsion kuç va imkoniyatlardan faolroq foydalanişni iltimos qildi.
«Bu yerda xalqimizning eng oldingi qatordagi vakillari – senatorlar ötirişibdi. Korrupsiyaga qarşi kuraşişda senatorlarning örni bölakça, deb hisoblaymiz.
Töğrisini aytiş kerak, sizlarning antikorrupsion kuç va imkoniyatlaringiz töğri işlab ketgani yöq. Oliy Majlis palatalarida maxsus qömitalar tuzildi, lekin qömita özining yöliga. Har bir deputatning, har bir senatorning korrupsiyaga qarşi kuraş masalalarida alohida örni, özining mas'uliyati, yuqori maqsadi bor.
Şu nuqtayi nazardan, muhtaram senatorlar, sizlarga ham murojaatimiz bor. Töğri qabul qilasiz, iltimosimiz bor. Mana şu jarayonda faol hamkorlik kerak, deb hisoblaymiz. Hal etuvçi kuçga aylanişingizni söraymiz», – degan Yöldoşevning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.
Senat raisi Tanzila Norboyeva Boş prokuror örinbosarining bu fikrini ma'qulladi.
«Bu – savolga javobdan ham köproq prokuraturaning murojaatiga aylanib ketdi (kuladi). Fikrlaringiz juda ham töğri. Birinçi navbatda – qonunga itoatkorlik, ikkinçidan – rahbarlar mas'uliyati. Qaysi tarmoq bölişidan qat'i nazar, mahalliy hokimlikmi, tarmoqmi, jamoatçilik taşkilotimi. Uçinçidan, huquqiy madaniyat», – deya xulosa qildi u.
«Mana şunday muhitni yaratiş – hammamizning böynimizda turgan vazifa», – deb qöşimça qildi Tanzila Norboyeva.
















