Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rosreyestrdan olingan köçirmada Vladimir Putinning ismi va familiyasi nima uçun özgartirilganini bilmasligini aytdi.
Bir neça kun avval “Sobesednik” naşri Putinning köçmas mulki haqida Rosreyestrdan olingan köçirmada uning familiyasi va ismi Igor Petroviç Sergeyev-Gradskiyga özgartirilgani haqidagi maqolni çop etgan.
Peskovning fikriça, bu davlat rahbarining xavfsizligi manfaatida qilingan bölişi mumkin.
“Biror narsa ayta olmayman, çunki bu haqida ma'lumotga ega emasman”, deb aytgan Peskov jurnalistlarga.
Şu bilan birga Peskov “bu Putin davlat tomonidan qöriqlanuvçi obekt, mamlakatdagi eng qöriqlanuvçi kişi hisoblanişi va ehtimol xavfsizlikni ta'minlaş qoidalari bilan boğliq bölişi mumkinligi” aytgan.












