Bugun, 23 avgust kuni Toşkentda Oliy Majlis Senatining 21-yalpi majlisi öz işini boşladi. Yalpi majlisda 84 nafar senator qatnaşmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, ikki kun davom etadigan majlis kun tartibiga 20dan ortiq masala kiritilgan.
Jumladan, senatorlar “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi, “Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirişni qöllab-quvvatlaş hamda gödaklar va kiçik yoşdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunlarini körib çiqişadi.
Şuningdek, yalpi majlisda:
– “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini şakllantiriş va ijro etişning yangi mexanizmlari joriy etilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”,
– “Saylov töğrisidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”,
– “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”,
– “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”,
– “Moddiy madaniy meros obektlarining muhofaza qilinişi kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”,
– “Ba'zi davlat organlari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”,
– “Psixiatriya yordami körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunlar muhokamaga qöyiladi.
Senat a'zolari qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qiliş böyiça qonunlar qabul qilişi ham kutilmoqda. Xususan:
– Xalqaro Mehnat Taşkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi töğrisidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1947 yil 11 iyul),
– Xalqaro Mehnat Taşkilotining qişloq xöjaligida mehnat inspeksiyasi töğrisidagi 129-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1969 yil 25 iyun),











